Hisobni o'chirish
Mundarija · 5 bo'lim
1. Ilova yoki sayt orqali — eng tez yo'l
- XizmatGo24 ilovasini oching yoki xizmatgo24.uz saytiga kiring.
- Sozlamalar bo'limini oching.
- Pastdagi Hisobni o'chirish tugmasini bosing.
- Ogohlantirishni o'qing, tasdiq belgisini qo'ying va o'chirishni tasdiqlang.
Hisob shu zahoti o'chiriladi va barcha qurilmalardagi kirishlar yopiladi.
2. Ilovasiz — elektron pochta orqali
Ilovaga kira olmasangiz, info@xizmatgo24.uz manziliga "Hisobni o'chirish" mavzusida xat yuboring va hisobingizga bog'langan telefon raqami yoki elektron pochtani yozing. Hisob sizniki ekanini tasdiqlash uchun o'sha raqam yoki pochtaga kod yuboramiz. Tasdiqlangach, hisob 30 kun ichida o'chiriladi.
3. Nima o'chiriladi
- Familiya, ism, otasining ismi, telefon raqami va elektron pochta.
- Profil rasmi, portfolio va yuklangan hujjatlar (diplom, sertifikat).
- Barcha kirish sessiyalari — hisob hamma qurilmada chiqib ketadi.
O'chirilgach, o'sha telefon raqami yoki pochta bilan yangi, toza hisob ochish mumkin.
4. Nima saqlanib qoladi
Buyurtmalar tarixi va moliyaviy yozuvlar qonun talabiga ko'ra shaxssizlantirilgan holda saqlanadi: ularda ismingiz, raqamingiz va boshqa shaxsiy ma'lumotlaringiz qolmaydi.
Ish beruvchi hamyonidagi qoldiq (TOP xizmati uchun to'ldirilgan balans) hisob bilan birga yo'qoladi va qaytarilmaydi. O'chirishdan oldin tasdiq oynasida uning aniq summasi ko'rsatiladi.
5. Qachon o'chirib bo'lmaydi
- Tugallanmagan buyurtmangiz bo'lsa (ish beruvchi yoki ijrochi sifatida) — avval uni yakunlang yoki bekor qiling.
- Ijrochi hamyoningizda pul yoki to'lanmagan komissiya bo'lsa — avval pulni yeching yoki hisob-kitobni yakunlang.
Bu cheklovlar sizning manfaatingiz uchun: pul yoki ish yo'qolib ketmasin.
Savollar bo'yicha: info@xizmatgo24.uz.
Savollar bo'lsa: Yordam markazi · info@xizmatgo24.uz