Asosiy qismga o'tish
O'zbekcha Kirish Ro'yxatdan o'tish
Buxoro

Usta topish — 3 oddiy qadam

Santexnik, elektrik, tozalovchi yoki kunlik ishchi — e'lon bering, arizalarni solishtiring va eng mosini tanlang.

1-qadam

Nima kerakligini yozing

Xizmatni tanlang, ishni qisqa yozing, vaqt va manzilni belgilang. E'lon berish bepul.

2-qadam

Arizalarni solishtiring

Yaqin atrofdagi ustalar narx va vaqtini yuboradi. Reyting va sharhlarni ko'ring.

3-qadam

Ish tugagach to'lang

Ishni qabul qilgach, ustaga to'laysiz. Ustani baholang — bu boshqalarga yordam beradi.

Tasdiqlangan ustalarTelefon tasdiqlangan, profil tekshirilgan
Narx oldindanUstalar arizada narxini yozadi
Haqiqiy sharhlarFaqat buyurtma bergan mijozlardan

Ko'p beriladigan savollar

Xizmatdan foydalanish pullikmi?

Ish beruvchi uchun e'lon berish bepul. Ustalar ariza uchun kichik komissiya to'laydi.

Usta kelmasa nima bo'ladi?

Buyurtmani bekor qilasiz va boshqa ustani tanlaysiz.

Naqd to'lash mumkinmi?

Ha. Hozircha to'lov faqat naqd: ish qabul qilingach, pulni ustaga o'zingiz topshirasiz.

XizmatGo24 nima?

XizmatGo24 (xizmatgo24.uz) — ish beruvchi bilan ustani to'g'ridan-to'g'ri bog'laydigan platforma. E'lon berasiz, yaqin atrofdagi ishchilar uni darhol ko'radi va ariza yuboradi. Vositachi ham, ortiqcha qo'ng'iroq ham yo'q.

Qanday xizmatlar bor?

16 yo'nalishda 324 kasb: Qishloq xo'jaligi, Qurilish va ta'mir, Uy xizmatlari, Parvarish, Avto xizmatlari, Yuk tashish va ko'chirish, Maxsus texnika, Duradgorlik va mebel, Tibbiy parvarish, Ta'lim, IT va ofis, Go'zallik va salomatlik, Xavfsizlik va tadbir, Brigadalar, Firmalar, Veterinariya. Ko'p qidiriladiganlari: Santexnik, Elektrik, Payvandchi, Kafel ustasi, Gipsokarton ustasi, Bo'yoqchi / malyar, Mebel yig'uvchi, Repetitor, Hamshira, Bola parvarishi / enaga. Barcha xizmatlar va 324 kasb.

Qaysi hududlarda ishlaydi?

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Farg'ona, Jizzax, Xorazm, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyati, Toshkent shahri — jami 14 hudud va 207 tuman. E'lon berilganda faqat o'sha hududdagi ishchilarga bildirishnoma boradi, shuning uchun javob tez keladi.

Doimiy ish va vakansiyalar ham bormi?

Ha. XizmatGo24'da ikki xil ish bor: bir martalik ish (kunlik, soatbay yoki usta chaqirish) va doimiy ish o'rni — oylik maoshli vakansiyalar. Ish beruvchi bo'sh ish o'rni e'lonini joylaydi, ish qidirayotgan odam rezyume to'ldirib ariza yuboradi. Vakansiyalarni maosh, ish jadvali (2/2, 1/2 smena, vaxta), bandlik turi, tajriba va hudud bo'yicha saralash mumkin.

Kimlar uchun?

Ish qidirayotgan odam uchun: kunlik, soatbay, oylik, masofaviy va vaxta usulidagi ishlar bir joyda. Ish beruvchi uchun: ishchi topish, usta chaqirish, brigada yollash va doimiy xodim qidirish.

Услуги и работа в Узбекистане

XizmatGo24 (XizmatGo) — платформа для поиска работы и услуг в Узбекистане: вакансии с окладом, подработка, сантехник, электрик, уборка, няня, медсестра, репетитор, грузчики, спецтехника. Разместите объявление бесплатно.