XG

XizmatGo

Kerakli xizmatni tez toping va buyurtma qiling. Ishchi bo'lsangiz — ro'yxatdan o'ting va buyurtmalarni qabul qiling.

  • Soatbay, kunlik va oylik ish
  • Usta, brigada, maxsus texnika
  • Hamshira, ta'lim, tozalash va boshqalar

XizmatGo — O'zbekistonda xizmat va usta topish

XizmatGo (xizmatgo24.uz) — ish beruvchi bilan ustani to'g'ridan-to'g'ri bog'laydigan platforma. E'lon berasiz, yaqin atrofdagi ishchilar uni darhol ko'radi va ariza yuboradi. Vositachi ham, ortiqcha qo'ng'iroq ham yo'q.

Ommabop xizmatlar

Santexnik, elektrik, payvandchi, gipsokarton ustasi, plitka teruvchi, malyar, duradgor, mebel yig'uvchi, uy tozalash, kir yuvish va dazmol, enaga, keksalarga qarash, hamshira, repetitor, IT ustasi, avtoelektrik, avtomoyka, yuk tashish va hammol, ekskavator va kran, qo'riqchi, sartarosh, veterinar.

Qayerda ishlaydi

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg'ona, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy, Xorazm, Qoraqalpog'iston va Toshkent viloyati — jami 14 hudud va 200 dan ortiq tuman.

Qanday ishlaydi

Ish beruvchi kasbni tanlaydi, ish joyini xaritada belgilaydi va e'lon beradi. Mos ishchilarga bildirishnoma boradi. Ish beruvchi arizalardan mos kelganini tanlaydi, narxni usta bilan kelishadi. Premium ustalar foiz to'lamaydi — oylik obuna asosida ishlaydi.

Ish topish va vakansiyalar

XizmatGo'da ikki xil ish bor. Birinchisi — bir martalik ish: kunlik, soatbay yoki usta chaqirish. Ikkinchisi — doimiy ish o'rni: oylik maoshli vakansiyalar. Do'konga sotuvchi, ofisga hisobchi, sexga usta kerak bo'lsa, ish beruvchi bo'sh ish o'rni e'lonini joylaydi; ish qidirayotgan odam esa rezyume to'ldirib ariza yuboradi. Vakansiyalarni maosh, ish jadvali (2/2, 1/2 smena, vaxta), bandlik turi, tajriba va hudud bo'yicha saralash mumkin. Rasmiy ishga rasmiylashtirish, yotoq joy, transport va ovqat kabi shartlar e'londa ochiq ko'rsatiladi.

Kim uchun

Ish qidirayotgan odam uchun: kunlik ish, soatbay ish, oylik ish, masofaviy ish va vaxta usulidagi ishlar bir joyda. Ish beruvchi uchun: ishchi topish, usta chaqirish, brigada yollash va doimiy xodim qidirish.

Услуги и работа в Узбекистане

XizmatGo (Xizmat24) — платформа для поиска работы и услуг в Узбекистане: вакансии с окладом, подработка, сантехник, электрик, уборка, няня, медсестра, репетитор, грузчики, спецтехника. Разместите объявление бесплатно.

Xizmat bo'limlari

Ko'p qidiriladigan ustalar

XIZMATGO

Xush kelibsiz

Hisobingiz bormi yoki yangi ochasizmi?